Skip to main content
Smishing bo‘yicha Mini Box’ingizga xush kelibsiz Elektron pochta orqali fishing kabi smishing ham jamoangiz muntazam duch keladigan kiberxavf hisoblanadi, shuning uchun ular bunday soxta xabarlar naqadar hiyla-nayrangli bo‘lishi mumkinligini tushunib olishlari muhim! Ushbu kichraytirilgan Campaign in a Box tarkibida bitta chat xabari va bir sahifalik material mavjud bo‘lib, uni elektron pochta, intranet, blog, chop etilgan varaqa, telepatiya orqali — tashkilotingiz uchun qaysi usul eng qulay bo‘lsa, shu orqali tarqatish mumkin. Mini Box qo‘shimcha va mavzuga oid material bo‘lgani uchun uni boshqa kampaniya materiallari bilan birga ishlatish mumkin. Mavzuga oid ushbu Mini Box tarkibida quyidagilar mavjud:
  1. So‘nggi smishing hujumi hamda kiberjinoyatchilar odamlarni nishonga olish uchun smishingdan foydalanadigan boshqa keng tarqalgan usullar haqida bir sahifalik material. Elektron pochta orqali tarqatish uchun xat mavzusini taqdim etdik, biroq uni tashkilotingiz uchun eng mos kanal orqali tarqatishingiz mumkin.
  2. Hech kim fishing/smishing hujumlaridan himoyalanmaganligini eslatuvchi chat xabari. Foydalanayotgan xabar almashish dasturingizga qarab, taqdim etilgan GIF fayllarni kompyuteringizga saqlab, chat xabarlaringizga biriktirishingiz kerak bo‘lishi mumkin.
Yuklab olish uchun shu yerni bosing!