Ma’lumotlar maxfiyligi qonunlari nima va ular kimlarga taalluqli?
Barcha amaldagi ma’lumotlar maxfiyligi qonunlarini hamma ham kuzatib bora olmasligi tabiiy. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Savdo va taraqqiyot bo’yicha konferensiyasi (UNCTAD) ma’lumotlariga ko’ra , “194 ta davlatdan 128 tasida ma’lumotlar va maxfiylikni himoya qilishni ta’minlovchi qonunchilik joriy etilgan.” 😮 Faqatgina Qo’shma Shtatlarning o’zida 50 ta shtat va hududlar bo’yicha maxfiylik va ma’lumotlar xavfsizligiga oid yuzlab qonunlar mavjud. Bu maxfiylik qonunlari ko’pincha quyidagi maxfiylik masalalariga taalluqli bo’ladi:- Ma’lumotlarni himoya qilish talablari.
- Ma’lumotlarni yo’q qilish.
- Maxfiylik siyosatlari.
- Ijtimoiy ta’minot raqamlaridan to’g’ri foydalanish.
- Ma’lumotlar buzilishi haqida xabardor qilish.
- Xabardor qilish. Bu shaxsni uning ma’lumotlarini himoya qilish uchun joriy etilgan siyosatlar haqida xabardor qilishga oid.
- Tanlov va rozilik. Odamlar kompaniya shaxsiy ma’lumotlardan qanday foydalanishi, ularni qanday saqlashi, boshqarishi va yig’ishini tanlash hamda unga ruxsat berish huquqiga ega bo’lishi kerak.
- Kirish va ishtirok. Ulashilayotgan va himoyalanayotgan ma’lumotlarni kim ko’ra oladi va ishlata oladi? Ma’lumotlarning ko’rinishi va ulardan foydalanishni tartibga solish uchun bizga xavfsizlik protokollari kerak.
- Yaxlitlik va xavfsizlik. Bu ma’lumotlarning qanday saqlanishi va qanday ishlatilishiga taalluqli. Bu etik jihatdan to’g’rimi?
- Majburiy ijro. Ushbu qonunlar tashkilotlarni qoidalarga rioya qilishga undaydigan tarzda ijro etilishi kerak.
Eng yirik namunalardan biri: GDPR
Umumiy ma’lumotlarni himoya qilish reglamenti (GDPR) shaxsiy ma’lumotlar va xavfsizlikni himoya qilish bo’yicha eng keng qamrovli huquqiy normalardan biri sifatida tanilgan. 2018-yilda qabul qilingan ma’lumotlarni himoya qilish bo’yicha ushbu xalqaro maxfiylik qonuni Yevropa Ittifoqining istalgan fuqarosiga tegishli har qanday shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlaydigan har qanday tashkilotga ta’sir qiladi.
Bugungi kunda GDPR’ga rioya qilmagan kompaniya uni buzgani uchun katta jarimalarga va obro’ga bo’lgan ishonchning yo’qolishiga duch kelishi mumkin. Shu oy davomida biz GDPR va boshqa muhim maxfiylik qonunlari hamda me’yorlari haqida bilish zarur bo’lgan bir nechta muhim jihatlarni ulashamiz.

